“TechStart” dasturida ishtirok eting!

Biz, Xorazmiy.dev jamoasi, IT sohasini o’rganishda innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi platformamizni ishga tushirganimizni e’lon qilamiz. Shu munosabat bilan, sizni bir yarim oylik BEPUL dasturimizda ishtirok etishga taklif qilamiz!

  • Davomiylik: 6 hafta
  • Dastur formati: online
  • Ishtirokchilar soni: 20 ta
  • Ariza topshirish muddati: 20-avgust

TechStart dasturi 6 hafta mobaynida online tarzda o’tkazilinadi. Dastur davomida siz IT sohasiga kirib kelish uchun kerak bo’lgan fundamental bilimlarni olasiz va ajoyib networking o’rnatish imkoniga ega bo’lasiz. Sizdan internetga ulana oladigan qurilma va xohish bo’lsa kifoya.

Dastur davomida sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

Xorazmiy.dev platformasida mavjud bo’lgan istalgan bir yo’nalish yoki bir nechta yo’nalishlarda bepul ta’lim olish imkoniyati.

Uber, Toptal, Tesla kabi xalqaro kompaniyalarda faoliyat yurituvchi soha mutaxassislaridan master classlar.

Har hafta mentorlar bilan o’tqaziladigan savol-javob sessiyalari.

Dastur quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1

Ariza topshirish.

Bu bosqichda quyidagi Google havola orqali joriy yilning 20-avgustiga qadar ariza topshirishingiz kutiladi.

2

Saralash bosqichi.

Arizada ko’rsatilgan savollarga qanchalik to’liq javob berganingiz va sohaga qiziqishingizni yoritib berganligingizga ko’ra biz 20ta ishtirokchilarni saralab olamiz.

3

Ta’lim olish bosqichi.

Saralash bosqichidan muvaffaqiaytli o’tgan ishtirokchilarga xabar beriladi va ular ta’lim jarayoni boshlanadi.

4

Yakunlov bosqichi.

Dasturda eng faol qatnashgan ishtokchilarning 5tasi bilan maxsus suhbat uyushtiriladi va malakali dasturchilardan karyera maslahatlari beriladi.

Qanday Ishtirok Etish Mumkin?

Eslatma: Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 20-avgustgacha qabul qilinadi va 20ta ishtirokchi saralab olinadi.