blogpost

Yevropadagi eng katta avtomatik avtoturargoh.

#ithayotimizda

Aholi ko’pligi sababli katta shaharlarda mashinalar va ular uchun turargohlarda doimiy muammolar kuzatiladi. Mashinalar turargohlarini muammosini avtomatik tarzda yechishga harakatlar 1905 yillarda Fransiyada boshlangan. Sababi cheklangan yer resurslaridan to’g’ri foydalanish bo’lgan bu yechim dastlab juda sodda ko’rinishda bo’lib transportni turli qavatlarga ko’ratuvchi lift tizimidan iborat bo’lgan.


Yillar davomida bu yechim takomillashib bugungi kundagi mutlaqo avtomatlashtirilgan avtoturargohlar paydo bo’ldi. Dunyodagi eng katta avtomatlashtirilgan avto turargoh Quvaytning Al-Jahra shahrida joylashgan bo’lib u o’zida 2314 avtomibilni sig’dira oladi.


Yevropadagi eng katta avtomatik avtoturargoh Daniyaning Arhus shahrida Dokk 1 kutubxonasini ostida joylashgan. Bu tizim 2015 yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib, 1000 tagacha avtomobilni o’z ichiga joylashtira oladi. Haydovchi o’z mashinasini kerakli kabinaga olib kirib qo’ysa bas, qolgan hamma jarayon avtomatik tarzda amalga oshiriladi.


Germaniyaning Lödige Industries kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyiha odatdagi shu kabi tizimlardan biroz boshqacha yondashilganli sababli ancha samarador. Lödige texnologiyasi poldagi izlar bo'ylab harakatlanadigan past profilli robot platformalardan avtomobillarni ko’tarishda foydalanadi. Kompaniyaning robotlari Bluetooth va Wi-Fi orqali boshqariladi va har qanday turdagi va o'lchamdagi avtomobillar bilan ishlashi imkoniyatini beradi.


Ancha tezroq va samaraliroq bo’lishiga qaramay bu avtoturargohdan foydalanish narxi shahardagi boshqa noavtomatik mashinaturargohlaridan foydalanishdan ham arzonroq. Bu avtoturargoh haqida to’liqroq tasavvurga ega bo’lishni xohlasangiz quyidagi videoni ko’ring:


avatar

Shakhzoda Abjabborova

Managing partner @ Xorazmiy Dev

Ulashish uchun blog postingiz bormi?

Qizigarli va foydali maqola va postlaringizni xorazmiy.dev platformasida chop eting!

Chop Etish